2023-10-31

Uzum Nasiya muddatli to‘lovidan qayerda va qanday foydalanish mumkin?

Uzum Nasiya keng hamkorlar tarmog‘iga ega bo‘lib, siz ham tovar, ham xizmatlarni muddatli to'lovga sotib olishingiz mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab 5000 dan ortiq hamkor nuqtalar mavjud. Xaridni Uzum Nasiya muddatli to'loviga rasmiylashtirish uchun toʻlov usullarida xizmatni tanlashingiz va tizimimizda roʻyxatdan oʻtgan telefon raqamingizni aytishingiz kifoya.

Hamkorlik tarmog'i mahsulot va xizmatlarning keng toifalarini o'z ichiga oladi, jumladan:
- maishiy texnika va elektronika: Mediapark, Elmakon, Radius, Mi-store, MacBro, idea;
- kiyim-kechak va poyabzal: Selfie, Just, Adamari, Terra Pro, Di sport, Derimod;
- uy jihozlari va mebellar: Home Market, Senorita Home, Мир Посуды, Атмосфера;
- avtomobillar uchun tovarlar va xizmatlar: Tashkent Index, Mannol, Cardinar, Formula Pit Stop;
- qurilish va ta'mirlash: Akfa, Vero Group, Floorpan, Brand Tool, Nano Ceramic;
- sport va dam olish: 1Fit, Airbaloons, Humson Buloq, Rano Eco Village;
- go'zallik va parvarish: Bellstore, Eyfel, Elysee, Rich cosmetic;
- tibbiy xizmatlar: Haemalab, Darmon Service, Swiss Lab;
- raqamli televideniye va internet xizmatlari: itv, Uzdigital, Turon Telecom;
- ta'lim: GeekBrains, Skillbox, Space Academy, Booknomy va boshqalar.

Taʼkidlash joizki, Uzum Nasiya muddatli toʻlovidan butun Toshkent shahri boʻylab savdo markazlarida foydalanishingiz mumkin:
- Compass;
- NEXT;
- Atlas;
- Magic City;
- Riviera;
- Samarqand Darvoza;
- Golden Life;
- Chimgan;
- Megaplanet;
- Parus.

Shuningdek, bozorlarda, masalan:
- Sergeli va Farhod avtomobil bozori;
- Tashkent Index savdo majmuasi;
- Jomiy qurilish bozori;
- Malika savdo majmuasi;
- Abu Saxiy bozori;
- Kadisheva va Qo'yliq buyum bozorlari.

Foydalanuvchilarimiz Uzum Nasiya muddatli to'lovidan o‘zlari uchun qulay bo‘lgan har qanday joyda foydalanishlari uchun hamkorlik tarmog‘i va undagi xilma-xillik to‘ldirib boriladi.

Hamkorlarimizning qisqa ro'yxati bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Oxirgi bloglar