2023-12-01

Uzum Nasiya muddatli to'lovi bank kreditidan nimasi bilan farq qiladi?

Shu kunlarda mamlakatimizda fintex sohasi, xususan, mikromoliyalash jadal rivojlanib, iste’molchilarning ushbu mahsulotga qiziqishi ortib bormoqda. Shu o'rinda moliyalashtirishning ikki turini ajratish mumkin: bank tomonidan taqdim etiladigan kredit va muddatli to'lov. Xaridorlar odatda bu atamalarni chalkashtirishadi va ularni sinonim sifatida ishlatishadi, ammo ushbu maqolada ko'rib chiqishingiz mumkin bo'lgan muhim farqlar mavjud.

Uzum Nasiya – bu muddatli to'lov xizmati bo‘lib, xaridlarni amalga oshirish va to'lovlarni qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyatini beradi.

Nasiyada boshlang'ich to'lov yo'q, shuningdek, bank kreditidan farqli ravishda to‘lovni kechiktirganlik uchun penya va jarimalar ham bo'lmaydi. 

Kredit va nasiya o'rtasidagi yana bir farq shundaki, xaridor kredit olish uchun ariza berish orqali bank bilan huquqiy munosabatlarni o'rnatadi. Bank ushbu puldan foydalanganlik uchun qarz oluvchiga ma'lum foiz stavkasi bo'yicha pul mablag'larini taqdim etadi va xaridor bu pul bilan darhol istalgan do'konda xarid uchun to'laydi.

Nasiya esa ushbu xizmat mavjud bo'lgan sheriklar tarmog'iga ega bo'ladi. Sotib olayotganda, xizmat tanlangan do'konda xaridor uchun to'laydi, ya'ni mablag'lar to'g'ridan-to'g'ri xaridorga taqdim etilmaydi. O‘z navbatida, xaridor muddatli to'lov xizmati mijoziga aylanadi va xarid uchun to'lovni bo'lib-bo'lib amalga oshiradi.

Moliyaviy savodxonlik va fintex sohasi to'g'risda yangiliklarni o'tkazib yurbormaslik uchun bizni kuzatib boring!
- Instagram;
- Facebook;
- Telegram.

Oxirgi bloglar